🔰 Farg‘ona davlat texnika universiteti , "Arxitektura va qurilish fakulteti" dekani Umarov Shodiljon Abdug‘ofurovich.
Sh.Umarov 1984-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2009-yilda Farg‘ona politexnika instituti “Bino va inshootlar qurilishi” ta’lim yo‘nalishida bakalavriatni, 2011-yilda esa Farg‘ona politexnika instituti “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlari” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
🔹Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 2 ta loyihaga rahbarlik qilgan. 70 dan ortiq ilmiy maqolalari 40 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan. 5 ta monografiya, 3 ta darslik, 17 ta EHM dasturlar uchun guvohnomalar olgan.