#stipendiya #Diqqat_muhim

events

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomli davlat stipendiyalari qaysi kurs talabalariga tayinlanadi va stipendiyalar miqdori qancha?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi  o‘zlashtirishi faqat a'lo bo‘lgan hamda ilmiy maqolalar, ijodiy ishlar muallifi bo‘lgan 4-kurs bakalavriat bosqichida talabalariga va  2-kurs magistratura bosqichi talabalariga tayinlanadi. 

🔹 Nomli davlat stipendiyalari o‘zlashtirishi a’lo bo‘lgan (ko‘pi bilan 25 foizi "yaxshi"), yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiyalarda qatnashgan (kamida ikkita e’lon qilingan ishlar) bakalavriatning oxirgi 2 va 3 kursida o‘qiydigan talabalarga tayinlanadi.

📌Talabalar qancha stipendiya oladi? 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;

Navoiy, Beruniy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

Ma'lumot o'rnida: Tayyorgarlik ko'rib, topshirmoqchi bo'lsangiz  @mysteriouslam ga murojaat qilishingiz mumkin