22-23-aprel kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida “Farg‘ona vodiysida yer resurslari, atrof-muhit va qattiq chiqindilarning hozirgi holati va zamonaviy innovasion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Dastavval, ushbu konfrensiyani Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov bugungi anjumanni ochib berdi.

🖇 Mazkur konferensiyada, O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy OTMlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining olimlari, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, magistrant va talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari muhokama qilinadi. Shuningdek, “Universiti Malaysia Pahang Al-Sultan Abdullah” rektori, professor Dr Yatimah Alias boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ushbu konferensiyada ishtirok etishdi.
