events

"Willtec Co., Ltd" va "WAT Consulting" kompaniya vakillari tomonidan "Yapon tili va texnologiyalagi" markazini muvaffaqiyatli tamomlagan 11 nafar Arxitektura va qurilish fakulteti talaba yoshlariga bitirganlik to'g'risidagi sertifikatlar taqdim etildi.

🔴Oliygohimizning Arxitektura va qurilish fakultetida 2023-yilda Yaponiyaning "Willtec Co., Ltd" va "WAT Consulting" kompaniyalari hamkorligida "Yapon tili va texnologiyalagi" markazi tashkil etilgan holda oʻz faoliyatini boshlagan edi.  
⏺️Markaz faoliyati davomida bir necha talaba yoshlarga Yapon tili va texnologiyasi saboqlarini oʻqitib kelmoqda. 
💻 Joriy yilning 2-iyul sanasida "Willtec Co., Ltd" va "WAT Consulting" kompaniya vakillari tomonidan "Yapon tili va texnologiyalagi" markazini muvaffaqiyatli tamomlagan 11 nafar Arxitektura va qurilish fakulteti talaba yoshlariga bitirganlik to'g'risidagi sertifikatlar taqdim etildi.


✅Ushbu sertifikatlar markaz bitiruvchilariga Yaponiyada o'z mutaxassisligi bo'yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beradi.
Kelajak bunyodkorlariga dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida bo'lgan Yaponiyadagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!