🔹Uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda “O‘zMilliybank’’ AJ Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Farg‘ona davlat texnika universitetida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda “O‘zMilliybank’’ AJ Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Yoshlarning bandligini ta’minlash, intilishlariga sharoit yaratish davlatimizning ustuvor siyosatiga aylandi. Xususan, Prezidentimizning 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida ham yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha strategik yo‘nalishlarni belgilab berdilar. Muloqotda oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yililishi va buning uchun Milliy bankka 100 million dollar yo‘naltirilib, ularning tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha bank xizmatlari joriy etilishi shuningdek, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch bankka aylantirilishi bo‘yicha muhim topshiriqlarni berishdi. Yoshlarning aniq biznes va start upp loyihalari hamisha qo‘llab-quvvatlayman, — dedi vazir Q.Sharipov.
Uchrashuv davomida vazir yoshlarning ishga joylashish, innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta’lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini eshitdi. Oʻzaro samimiy muloqot chogʻida vazir Q.Sharipov talaba tomonidan aytilgan Mikro GES larni o‘rnatishda o‘z brendini shakllantirish va bu orqali 10 ga yaqin talaba bandligini ta’minlash haqidagi taklifini maqullab, bu borada bankning tegishli mas’ullariga topshiriq berdi.




Uchrashuvdan so‘ng, institut yosh olimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalari taqimoti bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Farg‘ona shahrida barpo etilgan “Yoshlar texnoparki” ni ko‘zdan kechirib, quruvchilarga o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi.