“Arxitektura va qurilish” fakultetining “Bunyodkor” jamoasi talabalari hazil va zukkolikning chinakam bayramiga aylangan “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovi doirasidagi “REKTOR KUBOGI” musobaqasida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi! 🏆🎭
Ushbu musobaqa nafaqat hazil-mutoyiba, balki zukkolik, tezkor fikrlash va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi muhim maydon bo‘ldi. Bizning jamoamiz esa o‘zining iqtidorli chiqishlari, qiziqarli sahnalari va noodatiy g‘oyalari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etdi. 👏🔥
Bu yutuq – jamoamizning fidoyiligi, mehnati va birligi samarasi! “Bunyodkor” jamoasi yana bir bor fakultetimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildi.
Tabriklaymiz! Sizlarga kelgusida yanada katta muvaffaqiyatlar, yangi sahnalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz! 🌟
📸 [FOTOSURATLAR]


#Rektorkubogi #QuvnoqlarvaZukkolar #Arxitekturavaqurilish #Bunyodkor #TalabaHayoti #G‘alaba