events

Farg'ona davlat texnika universitetida "NAVRO'Z BAYRAMI"

Mehmonlar Navro‘z sayliga tashrif buyurdi

Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona davlat texnika universitetiga tashrif buyurib, Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mehmonlarga hamrohlik qildi.

Bahor va yangilanish ayyomida namoyish etilgan xalqimizning qadriyatlari, urf-odatlari, kuy va qo‘shiqlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, universitet talabalarining bahoriy taomlari, milliy hunarmandchilik namunalari, do‘shqozonda tayyorlangan sumalak va turli chiqishlar bayramga alohida shukuh bag‘ishladi. Mehmonlar pavilyonlarda tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar va Navro‘z saylini yuqori baholadilar.
 [FOTOSURATLAR]