🔹 Fargʻona davlat texnika universiteti Rektorat binosining 1976-yildagi hamda hozirgi kundagi ko‘rinishi
1976-yilda qad rostlagan ushbu bino o‘tgan davr mobaynida ko‘plab tarixiy jarayonlarga guvoh bo‘ldi. Ilm-fan, texnologiya va taʼlim sohalaridagi o‘zgarishlar bilan birga, universitetning o‘zi ham izchil rivojlanib bordi.
Bugungi kunda Rektorat binosi zamonaviy qiyofa kasb etib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bu o‘zgarishlar nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki taʼlim sifatida, ilmiy salohiyatda ham namoyon bo‘lmoqda.
Mazkur tarixiy qiyosiy suratlar orqali biz universitetimizning boy tarixi va kelajakka bo‘lgan ishonchini yana bir bor his etamiz.