♻️ “Yashil qurilish” – kelajak uchun investitsiya!
Fargʻona shahridan tashrif buyurgan qator nufuzli tashkilotlar rahbarlari hamda faol ishchi xodimlari ishtirokida “Yashil qurilish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
🔍 Tadbir davomida barpo etilayotgan zamonaviy binolarda ekologik toza va energiya tejamkor qurilish materiallarining oʻrni, “yashil texnologiyalar”ning afzalliklari, hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.
🔬 Shuningdek, seminar ishtirokchilari uchun eksperimental tajribalar, amaliy koʻrgazmalar va texnologik jarayonlar namoyish etildi.
👨🏫 Mazkur tadbirda “Arxitektura va qurilish” fakultetining yetuk professor-oʻqituvchilari hamda iqtidorli yosh magistrantlar faol ishtirok etdi.
📈 Seminar ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va savol-javoblar orqali ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
[FOTOSURATLAR]








🔗 #YashilQurilish #EkologikTexnologiyalar #BarqarorRivojlanish #Fargona #IlmiyAmaliySeminar #QurilishInnovatsiyalari #Arxitektura #QurilishFakulteti #YoshIqtidorlar #YashilEnergiya #EnergiyaTejamkorlik #Qurilish2025