events

2025-yil Toshkent shahridagi Yoshlar markazi binosida Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Ziyolilar.talaba” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🥇2025-yil 5-avgust kuni Toshkent shahridagi fond qoshidagi Yoshlar markazi binosida Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Ziyolilar.talaba” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha ilk bor 2021-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda yanada kengayib, talabalar va o‘quvchilarni qamrab olmoqda. Bu orqali yurtimizdagi yoshlar orasida ilmiy-innovatsion muhitni rivojlantirish va intellektual salohiyatni oshirishga hissa qo‘shilmoqda.

Ma’lumot uchun ushbu 100 nafar eng faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ziyo Forum fondining maxsus komissiyasi tomonidan saralab olingan. Tanlov jarayonida umumiy kelib tushgan anketalar soni 4000dan ziyodni tashkil etgan. “Ziyolilar” loyihasidan kutilayotgan asosiy natija O‘zbekistonda nafaqat o‘quv, balki sport, ijodiy san’at va jamoatchilik bilan hamkorlikda ham yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni aniqlash va e’tirof etish orqali loyiha boshqa yoshlarni ham xuddi shunday yutuqlar sari intilishga ruhlantirish va undashga qaratilgan.
[FOTOLAVHALAR]
   







#ZiyolilarTalaba #ZiyoForum #IlmFan #YoshIqtidorlar #Innovatsiya #OliyTa’lim #Muvaffaqiyat #IlmYo‘lida #YoshlarUchun