✅ 2025-yil 5-avgust kuni Toshkent shahridagi Fond qoshidagi Yoshlar markazi binosida Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Ziyolilar.talaba” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Quvonarli jihati shundaki, Farg‘ona davlat texnika universiteti Arxitektura va qurilish fakultetining “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi M6-24 guruh magistranti Toshmatov Ulug‘bek Qodirjon o‘g‘li ushbu loyihada eng yaxshi 100 nafar iqtidorli talabalar qatoridan munosib o‘rin oldi!
🏆 Bu yutuq – nafaqat universitetimiz, balki butun ta’lim maskanimiz uchun faxrdir!
🎉 Toshmatov Ulug‘bekni ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Ilm-fan va innovatsiyalar sari dadil odimlar, kelajakdagi faoliyatingizda yuksak marralar tilab qolamiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
Ma’lumot uchun ushbu 100 nafar eng faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ziyo Forum fondining maxsus komissiyasi tomonidan saralab olingan. Tanlov jarayonida umumiy kelib tushgan anketalar soni 4000dan ziyodni tashkil etgan. “Ziyolilar” loyihasidan kutilayotgan asosiy natija O‘zbekistonda nafaqat o‘quv, balki sport, ijodiy san’at va jamoatchilik bilan hamkorlikda ham yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni aniqlash va e’tirof etish orqali loyiha boshqa yoshlarni ham xuddi shunday yutuqlar sari intilishga ruhlantirish va undashga qaratilgan.
[FOTOSURATLAR]
.jpg)






#IlmFan #ZiyoForum #ZiyolilarTalaba #FDTU #YoshIqtidorlar #Muvaffaqiyat