events

Farg'ona davlat texnika universitetimizning iqtidorli talabalaridan iborat jamoa Koreyaning Ulsan universiteti tomonidan ajratilgan grant doirasida tashkil etilgan yozgi maktabda ishtirok etishdi.

Avval xabar berganimizdek, universitetimizning iqtidorli talabalaridan iborat jamoa Koreyaning Ulsan universiteti tomonidan ajratilgan grant doirasida tashkil etilgan yozgi maktabda ishtirok etishdi 

🔹Kuni kecha Koreyada O‘zbekiston Investitsiyalar va savdo vakili, Farg‘ona viloyati hokimligi vakili N.Komilov hamda Savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i maslahatchisi R.Zikrillaev bilan talaba- yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🖇Uchrashuv davomida oliygohimiz vakili talabalar bilan samimiy suhbat olib borib, ularga keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🖇️Kunning ikkinchi qismida esa Ulsan universitetining soha vakillari tomonidan talabalar uchun ushbu oliygohdagi o’quv labarotiyalarning ish faoliyati, innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari hamda ESCA, Hyundai va boshqa yirik kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Ulsan universitetining o‘quv-uslubiy jarayonlari, yo‘nalishlari, tarixi va zamonaviy laboratoriyalarini o‘rganish bo‘yicha batafsil ma’lumot va tushunchalar berib o’tildi.

Bu kabi xalqaro ilmiy-amaliy loyihalar yoshlarimizning malakasini oshirish, yangi bilim va tajriba orttirishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jarayondan fotolavhalar: