events

Eko-innovation 2025- Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari loyihalari ko‘rgazmasi boʻlib oʻtadi

Farg‘ona davlat texnika universitetida sentabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” sifatida e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, “Eko-innovation – 2025” ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda
🔹Mazkur ko‘rgazma doirasida universitet talabalari ekologik muammolarga bag‘ishlangan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rgazma 17-sentabr kuni oliygohimizda o‘tkaziladi (arizalar 15-sentabrga qadar qabul qilinadi).

📌Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Atrof-muhitni muhofaza qilish iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish yechimlari;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;

Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar
📌 Tanlovda 18–35 yoshdagi bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari individual yoki 1–3 nafardan iborat jamoa shaklida ishtirok etishlari mumkin.