events

Farg'ona davlat texnika universiteti, "Arxitektura va qurilish" fakulteti, "Qurilish muhandisligi" kafedrasining professor-ustozlar birgalikda milliy liboslar bilan milliyligimiz ruhini namoyish etishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda «Tarixdan ma’lum, Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur», deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. 
Yuqoridagi muhim masalalar nuqtai nazaridan o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni davom ettirish barchamizning burchimizdir.
Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

✅ Ushbu kun munosabati bilan, "Arxitektura va qurilish" fakulteti, "Qurilish muhandisligi" kafedrasining kafedra mudiri J.D.Axmedov va professor-ustozlar birgalikda milliy liboslar bilan milliyligimiz ruhini namoyish etishdi.

«Bizning ikkita o‘q tomirimiz, tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat. Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi», Shavkat Mirziyoyev.

#Milliy_liboslar_kuni #Kafedra_hayoti