Milliy liboslar — xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi, qadriyatlarimizning jonli ifodasidir. Mamlakatimizda milliy liboslar targ‘ibotini kuchaytirish, yoshlar ongiga milliy ruhiyatni singdirish va o‘zbekona mentalitet me’yorlarini hayotimizga chuqur tatbiq etish maqsadida "Milliy liboslar kuni" keng nishonlanmoqda.
✅ Shu munosabat bilan "Arxitektura va qurilish" fakulteti "Qurilish muhandisligi" kafedrasi o‘qituvchisi PhD A. Axmedov 5-24 "E" guruh talabalari bilan birgalikda dars jarayonida milliy liboslar orqali milliyligimiz ruhini yuksak darajada namoyon etdi.
Milliy liboslarimiz — nafaqat o‘tmishimiz merosi, balki kelajagimizga yo‘l ko‘rsatuvchi bebaho qadriyatdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Bizning ikkita o‘q tomirimiz, tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat. Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi».