events

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘ibot markazi va “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Renessans” kino uyida yosh olimlar uchun nufuzli “EVRIKA–2025” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 “EVRIKA–2025” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!

Kecha 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘ibot markazi va “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Renessans” kino uyida yosh olimlar uchun nufuzli “EVRIKA–2025” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti dotsenti, fan doktori (DSc) Madaliyev Murodil Erkinjon o‘g‘li e'tirof etilib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Ayubov Shavkat Abdullayevich qo‘llaridan tabrik va mukofotlarni qabul qilib oldi.
Ushbu yutuqlar bilan eng yosh olimimizni universitet jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz!


#Science_and_innovation #Yosh_olimlar #Tanlov

[TADBIRDAN FOTOSURATLAR]