events

29-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishini universitet rektori, professor U.R.Salomov ochib berdi. 
Kirish qismida, faxriy yubileyi nishonlayatgan bir qator ustozlar, respublika miqyosidagi tanlovlarda eʼtirof etilgan, turli darajadagi ilmiy daraja va unvonlarni qo‘lga kiritgan universitet professor-o‘qituvchilari rahbariyat tomonidan taqdirlanishdi. 
Shundan so‘ng, kengash asosiy qismida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, oliy taʼlim tizimida yangi chiqarilgan qarorlar, universitetdagi davlat granti va shartnoma asosidagi bakalavr hamda magistrlik kvotalari, yaqinda bo‘lib o‘tgan doktorantura imtihonlari va o‘tkazilgan tanlovlar, Scopus tizimiga joylashririlgan maqolalar va reyting tizimi, 2025-2026 o‘quv yiliga qabul jarayoni yakunlari haqida so‘z yuritildi.
[FOTOLAVHALAR]