events

Farg‘ona davlat texnika universiteti “og‘ir” mahallalar uchun master rejalar ishlab chiqmoqda

Farg‘ona davlat texnika universiteti “og‘ir” mahallalar uchun master rejalar ishlab chiqmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqqa muvofiq, Farg‘ona davlat texnika universiteti  tomonidan Farg‘ona viloyatidagi 125 ta “og‘ir” mahalla uchun master rejalar ishlab chiqilmoqda.

Bu jarayonga universitetning  bitiruvchi kurs, magistratura bosqichi talabalari hamda salohiyatli o'qituvchilardan tashkil topgan 125 ta guruh keng jalb etilgan. Ular mahallalarning hududiy rivojlanishi bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlamoqda. 

Universitetda maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarning hududiy rivojlanishi, infratuzilma, ijtimoiy obyektlar, transport va yashil hududlarni rejalashtirish bo‘yicha zamonaviy urbanistik yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Loyiha talabalarning amaliy tajribasini oshirish hamda yosh arxitektor va urbanistlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

#FargonaDavlatTexnikaUniversiteti #OgirMahallalar #MasterReja #Urbanistik

[ F O T O S U R A T L A R ]