🌸 “Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtlidir”
15-fevraldan 15-martga qadar “Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtlidir” shiori ostida Fargʻona davlat texnika universitetida ma’naviy-ma’rifiy va bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida "Arxitektura va qurilish fakulteti" jamoasi tomonidan "Qurilish muhandisligi" kafedrasi professori Goncharova Nataliya Ivanovna bahor ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etildi.
Tabriklash marosimida fakultet dekani Sh. A. Umarov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. A. Abdukadirova hamda fakultetning faol ayol professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ustozga chuqur hurmat va ehtirom bajo keltirilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Ta’kidlash joizki, N.I. Goncharova universitetda 50 yildan ziyod samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda. U o‘zining fidoyiligi, kasbiy mahorati hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan jamoa orasida katta obro‘-e’tiborga ega. Ustoz – ilm-fan va ta’lim sohasida fidokorona xizmat qilayotgan, matonatli va ibratli ayol siymosidir.
✨ Arxitektura va qurilish fakulteti jamoasi N.I. Goncharovaga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik hamda ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌷 Ustozlarga hurmat – kelajak poydevoridir!
#ArxitekturaVaQurilishFakulteti #UstozgaHurmat #ProfessorO‘qituvchilar #AyollarQadri #XotinQizlar
[JARAYONDAN FOTOSURATLAR]
.jpg)

