events

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni — mehr, nafislik va goʻzallik timsoli boʻlgan ayollarni eʼzozlash kuni hisoblanadi. Bu sana ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidoyiligi, sabr-toqati va mehr-muhabbatini qadrlash ramzidir.

Bahorning ilk nafasi, gullar ifori bilan kirib kelgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Fargʻona davlat texnika universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti jamoasi tomonidan erta tongda samimiy tabrik dasturi tashkil etildi.

Tong saharda darsga oshiqib kelayotgan qiz va ayol talabalar hamda ustozlar iliq tabassum va ehtirom bilan qarshi olinib, ularga bayram sovgʻalari topshirildi. 

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni  bayrami munosabati bilan tashkil etilgan samimiy tabrik dasturi ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi. 

Bu kabi e’tibor va qadrlash ayollarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim va tarbiyadagi ulkan hissasini yana bir bor e’tirof etadi.

#Arx_va_qurilish #Bayram_dasturi
[JARAYONDAN FOTOLAVHALAR]