events

Hurmatli va moʻtabar ayollar, muhtarama opa-singillar!

Hurmatli va moʻtabar ayollar, muhtarama opa-singillar!

🌷 Bahorning ilk kunlari bilan kirib kelgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman. Sizlarning hayotimizdagi o‘rningiz beqiyos, jamiyatimiz ravnaqi va kelajagimiz taraqqiyotida xizmatlaringiz nihoyatda ulug‘dir.

✨ Ayniqsa, ta’lim maskanlarida fidokorona mehnat qilib, yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘lida qilayotgan zahmatli mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq. Sizlarning sabr-toqatingiz, mehringiz va mas’uliyatingiz har bir yutuqning mustahkam poydevoridir.

 Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka, ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtarama ayollar!

Hurmat bilan,
Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori,
rektor v.v.b. Ilimdorjon Jaxongirov