events

🌺 8-mart "XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMI" kuni!

🌺 8-mart "XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMI" kuni!

Assalomu alaykum, muhtarama professor-o‘qituvchilar, aziz xodimlar va lobar talaba-qizlar! 

Sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan Arxitektura va qurilish fakulteti rahbariyati nomidan va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman!

Sizlar nafaqat oila tayanchi, balki ta’lim va ilm-fan sohasida ham yuksak marralarni zabt etib kelayotgan fidoyi insonlarsiz. Ayniqsa, arxitektura va qurilish kabi murakkab sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimizning nafis didi va mehnatsevarligi har qanday tahsinga loyiq.

Ushbu bahoriy ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan bahoriy tarovat hech qachon arimasin!


Hurmat bilan,
"Arxitektura va qurilish fakulteti" dekani 
Umarov Shodiljon Abdugʻofurovich