Universitetimizda sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi!
🔹Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan sport sohasiga oid yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida universitetimizda sport tadbiri tashkil etildi. Tadbir kasaba uyushmasi boshchiligida yuqori saviyada o‘tkazildi.
🖇️Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev bevosita qatnashdi. Dastavval, professor o’qituvchilar va xodimlar 5000 qadam yurish aksiyasi hamda badantarbiya mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdi.
✨Universitetimizda haftaning har shanba kuni “Sog‘lomlashtirish kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, bu tashabbus xodimlar va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada keng yoyilmoqda.
Sport – sog‘lom turmush va yuksak natijalar garovi!
#Sport_tadbirlar #Yurish_va_badantarbiya
[F O T O S U R A T L A R]





