1969-yilda "Umummuhandislik fakulteti" tarkibidan "Qurilish-geologiya fakulteti" ajralib chiqdi va fakultetda “Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda “Neft va gaz quduqlarini parmalash” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ochilgan "Qurilish-geologiya fakulteti" dekani lavozimiga geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dosent H.A.Ahmedov tayinlangan. Habibullo Ahmedovich o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan fakultet tarixida sezilarli iz qoldirdi. Rahbarlik davrida yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan H.A.Ahmedov hamkasblari va talabalar mehrini qozondi. Dastlab fakultet tarkibida “Organik kimyo” hamda “Xorijiy tillar va rus tili” kafedralari faoliyat olib borgan, 1969 yilga kelib “Umummuhandislik va geologiya fanlari” kafedrasidan “Geologiya va qurilish fanlari” kafedrasi ajralib chiqqan. 1979 yilda “Qurilish mexanikasi” kafedrasi negizida “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevor” kafedrasi tashkil qilindi. 1972 yili institutning dastlabki bitiruvchilari orasidan eng iqtidorlilari tanlab olinib, kafedralarga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. Qurilish fakultetini bitirib institutga ishga qoldirilgan yoshlar orasida M.Samixonov, F.Badriddinov, A.A.Ahmedov, S.Tursunov, O.Hamroliyev, B.Qahhorov, A.T.Mirzaahmedov, E.K.Umurzaqov, M.P.Ignatova, G.E.Oyzerskaya, R.I.Oxunboyev va boshqalar bor edi. Ulardan dosent A.Mirzaahmedov va R.Oxunboyevlar bugungi kunda ham institutda mehnat qilmoqdalar. 1972 yilga kelib fakultet tarkibida “Arxitektura va qurilish fanlari”, “Rus tili”, shuningdek, “Qurilishni tashkil etish”, “Qurilish konstruksiyalari” va “Qurilish mexanikasi” kafedralari ochildi. 1973 yilda “Arxitektura va qurilish fanlari” kafedrasi ikkiga bo‘linib, “Arxitektura” hamda “Fuqaro va sanoat qurilishi” kafedralari tashkil etildi. 1975-1976 yillarda t.f.n., dosent A.Abdug‘aniyev fakultet dekani lavozimida ishladi. 1976-1987 yillarda hamda 1995-1998 yillarda qurilish fakulteti dekani lavozimida dosent R.D.Teshaboyev faoliyat ko‘rsatgan. Bu davrda fakultet institutdagi eng yirik jamoalardan biri bo‘lgan. R.Teshaboyev rahbarlik qilgan yillarda “Student-qurilish otryadlari” tashkil etish ishlariga jiddiy e’tibor berilgan. Talabalar yozgi ta’til davrida Ivanovo, Tyumen, Tolyatti, Kemerovo va O‘zbekiston Respublikasining bir qancha viloyat va shaharlaridagi yirik qurilishlarda ishtirok etgan. Bu otryadlar, ayniqsa, institut binolari qurilishida faol qatnashib, jamoatchilik olqishiga sazovor bo‘lgan. Tajribaga ega bo‘lgan bu otryadlar paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida shahardagi sanoat korxonalari qurilishida ishlash uchun jalb qilingan. 1987 yilda fakultet dekani lavozimiga demokratik saylov asosida dosent M.H.Zokirov saylangan va 1991-yilgacha ishlagan. Ushbu yillarda fakultetda yangi “Qurilishni tashkil qilish va iqtisod”, “Shaharsozlik va kommunal xo‘jalik” mutaxassisliklari ochilgan. 2024-yil 15-oktabrdan boshlab Sh.A.Umarov faoliyat yuritib kelmoqda. 2025-yil 16-mart sanasidan boshlab, Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil etilishi munosabati bilan, fakultet "Arxitektura va qurilish fakulteti" ga o‘zgardi.
Fakultetda dekan lavozimida quyidagi olimlar ishlagan:
Hozirgi kunda "Arxitektura va qurilish fakulteti" universitetdagi peshqadam jamoalardan biri hisoblanadi. Fakultetda mavjud 9 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida hozirgi kunda jami 1138 nafar talaba ta’lim olmoqda. Fakultet dekani muovini lavozimlarida Z.А.Umirzaqov, Z.M.Alаxanov, O.A.Mo‘minovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda 5 ta kafedra “Qurilish muhandisligi”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montajiva eksplotatsiyasi”, “Arxitektura va kompyuter grafikasi” va “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 90 dan ortiq professor-o‘qituvchilar mehnat qiladilar. Ularning 4 nafari fan doktori, 4 nafari professor, 35 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Qurilish fakultetida zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan 6 ta laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, har o‘quv yilida ularda 90 dan ortiq laboratoriya ishlari bajariladi.
BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI
MAGISTRATURA TA'LIM YO‘NALISHLARI
DOKTRANTURA TA'LIM YO‘NALISHLARI
Fakultetda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, tayyorlanayotgan bakalavrlar bilim darajasini nazorat qilish va aniqlashning yangi usullarini joriy etish, amaliyot bilan ta’lim orasida uzluksiz bog‘lanishni tashkil etish maqsadida bitiruv malakaviy ishlari mavzularini korxonalar buyurtmalari asosida shakllantirish va bajarish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.
O‘ZARO HAMKORLIK
.png)




Bundan tashqari, mamlakatimizning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan doimiy xamkorlik olib boradi:
“Farg‘ona Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, “Farg‘onafuqaroloyiha”, “Davr-AT”, “Al-Me’mor-A”, “Qo‘qonqurilishloyiha”, “Farg‘onalandshaftdizayn”, “Emaks” va bir nechta loyihalash universitet xodimlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.
FAKULTET QOSHIDAGI SPIN-OFF KORXONALAR HAQIDA
.jpg)


FAKULTETNING IQTIDORLI-TALABA YOSHLARI

YO'LDOSHEVA MUXAYYOXON ALISHER QIZI
2024-yil uchun ta'sis etilgan O'zbekiston Respublikasi "ZULFIYA" nomidagi davlat mukofoti sohibasi.
Ilmiy rahbari: PhD, dotsent X.A.MAMATOV

TOSHMATOV ULUG'BEK QODIRJON O'G'LI
2023-2024 o'quv yili bakalavriat yo'nalishi uchun ta'sis etilgan "ISLOM KARIMOV" nomli davlat stipendiyasi va 2022-2023 o'quv yili bakalavriat yo'nalishi uchun ta'sis etilgan "BERUNIY" nomli davlat stipendiyasi sohibi.
Ilmiy rahbari: PhD, dotsent Sh.M.DAVLYATOV

MO'MINOV ISLOMBEK IKROMJON O'G'LI
2023-2024 o'quv yili bakalavriat yo'nalishi uchun ta'sis etilgan "BERUNIY" nomli davlat stipendiyasi sohibi.
Ilmiy rahbari: PhD, dotsent Gʻ.I.MAMATISAYEV
JAMOLLIDDINOVA XURSHIDABONU TO'YCHIBOY QIZI
2023-2024 o'quv yili bakalavriat yo'nalishi uchun ta'sis etilgan "BERUNIY" nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
Ilmiy rahbari: PhD, dotsent Z.A.ABOBAKIROVA

QURBONOVA NILUFARXON ULUG'BEK QIZI
2022-2023 o'quv yili bakalavriat yo'nalishi uchun ta'sis etilgan "BERUNIY" nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
Ilmiy rahbari: t.f.n dotsent, J.D.AXMEDOV

MAVLYANKULOVA SITORA ZUXRIDDINOVNA
2022-2023 o'quv yili bakalavriat yo'nalishi uchun ta'sis etilgan "BERUNIY" nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
Ilmiy rahbari: PhD, dotsent K.R.XAKIMOVA
FAKULTETDA AMALGA OSHIRILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Fakultetda belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ish rejasi asosida turli xil ma’naviy, ma’rifiy va madaniy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Universitet miqyosida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasida fakultet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari doimiy va faol ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalari bilan hamkasblariga hamda yoshlarga ma’naviy ozuqa berib kelmoqdalar.
Shuningdek, fakultet talabalari nafaqat ta’lim jarayonida, balki ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lib, Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida munosib ishtirok etishmoqda. Ularning yutuqlari nafaqat fakultet, balki butun universitet sha’nini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu esa yoshlarimizning har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida kamol topayotganidan dalolat beradi.












.jpg)