Kafedra mudiri:

|
F.I.SH
|
Turdikulov Xusanboy Xudoynazarovich
|
|
Qisqacha
|
“Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi mudiri, PhD., dotsent
|
|
Tadqiqot yo‘nalishi
|
Tabiiy kuzatish natijalarini hisobga olgan holda asosiy yuklar ta’sirida gruntli to‘g‘onlarni ustuvorlikka hisoblash
|
|
Google scholar profil linki
|
https://scholar.google.com/citations?user=iDp0h0wAAAAJ&hl=ru&oi=sra
|
|
Scopus profil linki
|
https://www.scopus.com/freelookup/form/author.uri?zone=TopNavBar&origin=NO%20ORIGIN%20DEFINED
|
- Ilmiy darajasi: Dotsent, (PhD)
- Qabul vaqti: Har kuni soat 09-00 dan 16-00 gacha
- Telefon: +998 90 254 07 83
- E-mail: x.x.turdiqulov@fstu.uz
“Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq, Qurilish fakultetining yangi ta’lim yo‘nalishlari doirasida shakllangan. 1999-yil 20-iyulda “Qurilish materiallari va buyumlari” kafedrasiga “Geodeziya va kartografiya” fanlari qo‘shilishi asosida kafedraning faoliyati boshlangan. 2001-yilda esa bu yo‘nalish alohida kafedra sifatida ajratilib, “Yer tuzish va yer kadastri” kafedrasi deb nomlandi.
2011-yildan boshlab “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi. 2012–2013 o‘quv yilida “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi bilan birlashtirilib, “Bino va inshootlar qurilishi, geodeziya, kartografiya va kadastr” deb nomlandi. 2017-yilda “Uzdavyergeodezkadastr” qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qaroriga asoslanib, FarPI Ilmiy kengashi qarori bilan 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi yana alohida tuzilma sifatida tashkil etildi.
So‘nggi yillarda kafedra ta’lim yo‘nalishlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Jumladan:
- 2017–2018 o‘quv yilida – 63 nafar,
- 2018–2019 yilda – 80 nafar kunduzgi va 64 nafar sirtqi,
- 2019–2020 yilda – 99 nafar kunduzgi va 40 nafar sirtqi,
- 2020–2021 yilda – 122 nafar kunduzgi va 63 nafar sirtqi bo‘lim talabalari qabul qilingan.
- 2021–2022 yilda – 95 nafar kunduzgi va 50 nafar sirtqi,
- 2022–2023 yilda – 50 nafar kunduzgi va 50 nafar sirtqi,
- 2023–2024 yilda – 54 nafar kunduzgi va 50 nafar sirtqi,
- 2024–2025 yilda – 39 nafar kunduzgi,
Hozirda kafedraga Turdikulov Xusanboy Xudaynazarovich rahbarlik qilmoqda. Kafedra tarkibi asosan yosh va tashabbuskor professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ular o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va uslubiy faoliyatda faol qatnashmoqda. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida tajribali fan doktorlari va nomzodlari jalb etilgan. Shu bilan birga, kafedra assistentlari Sh. Yakubov 2024-yilda va S.Mirzaahmedov 2025-yilda doktoranturaga qabul qilinib, ilmiy faoliyatni davom ettirishmoqda.
2. Akademik dasturlar va kurslar (Programs & Courses)
- Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
- 60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr:
- 60721500 – Geodeziya va geoinformatika:
- Magistratura mutaxassisliklari:
- 70722503 - Geodeziya va geoinformatika:
- Doktorantura dasturlari:
- 06.01.10 ‒ Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi
- Oʻqitiladigan fanlar:
BAKALAVRIAT:
|
№
|
Fanning nomi
|
Fan haqida qisqacha ma'lumot
|
|
1
|
Injinerlik geologiyasi
|
Injenerlik geologiyasi fani — qurilish inshootlari joylashadigan geologik muhitni o‘rganadigan fandir. Uning asosiy vazifasi — geologik sharoitlarni tahlil qilish orqali inshootlar uchun eng qulay va xavfsiz joylashuvni aniqlashdir. Fan yer qatlami tuzilishi, gruntlarning fizik-mexanik xossalari, yer osti suvlari holati va geologik jarayonlar (surilma, cho‘kish, zilzila va boshqalar)ni o‘rganib, ularning inshootlarga ta’sirini baholaydi. Injenerlik geologiyasi inshoot bilan geologik muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ilmiy asosda tushuntiradi va undan oqilona foydalanish yo‘llarini belgilaydi.
|
|
2
|
Geodeziya
|
Geodeziya — bu Yer shakli, o‘lchami, uning tashqi gravitatsion maydoni va yer yuzasidagi nuqtalarning fazodagi o‘zaro joylashuvini aniqlovchi ilmiy-texnik fan hisoblanadi. Geodeziya fanining asosiy vazifasi — yer yuzasida aniqlik bilan o‘lchov ishlari olib borish, xaritalar va rejalarning tuzilishini ta’minlash, hamda bunyodkorlik va qurilish ishlari uchun asosiy geodezik ma’lumotlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu fan orqali yer sathining tabiiy va sun’iy obyektlari o‘lchanadi, ularning joylashuvi aniqlanadi va bu ma’lumotlar asosida turli sohalarda — qurilish, arxitektura, transport, qishloq xo‘jaligi va ekologiya kabi yo‘nalishlarda foydalaniladigan xaritalar, topografik rejalar va geoinformatsion tizimlar yaratiladi.
|
|
3
|
Yer kadastr asoslari
|
“Yer kadastr asoslari” fani Yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui.
|
|
4
|
Injenerlik geodeziyasi
|
“Injenerlik geodeziyasi” fani topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, inshootlar deformastiyasini kuzatish, gidrotexnik, yerosti hamda noyob inshootlarni loyihalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etadi.
|
|
5
|
Ko‘chmas mulk kadastri va baholash nazariyasi
|
“Ko‘chmas mulk” fani o‘z ichiga ma’lum bir yer maydoni bilan birga yerning ustidagi bino, yerning ostidagi tabiiy boyliklar, undagi o‘simlik va hayvonot olami hamda hosildan tortib suv va mineral boyliklargacha oladi.
|
|
6
|
Kartalarni loyihalash va tuzish
|
“Kartalarni loyihalash va tuzish” fani atrofim izda sodir bo'layotgan voqea va xodisalam ing joylashishini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini, o‘zgarishini, maxsus belgi m odellar vositasida, generalizatsiya qilib matematik yo‘l bilan tekislikda kichraytirib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
|
|
7
|
Melioratsiya va yerlarni rekultuvatsiyalash
|
Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash fani — yer resurslaridan samarali foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash va buzilgan, ishdan chiqqan yoki ekologik zarar ko‘rgan yerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya qilish) usullarini o‘rgatadi. Fan doirasida talabalar sug‘oriladigan yerlarda suv va tuz rejimini boshqarish, yerlarning sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish, eroziyaga uchragan yoki texnogen ta’sir natijasida zarar ko‘rgan yerlarni tiklash texnologiyalari bilan tanishadilar. Shuningdek, rekultivatsiya ishlari ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozimligi hamda bu jarayonda yer tuzish, gidromeliorativ tadbirlar va tuproqshunoslik bilimlarining o‘rni yoritiladi. Ushbu fan agrar soha, qurilish va ekologiya yo‘nalishlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yer fondini muhofaza qilish va barqaror foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
|
|
8
|
Oliy geodeziya
|
Oliy geodeziya fani — Yerning shakli, o‘lchami, tashqi gravitatsiya maydoni va bular bilan bog‘liq davlat geodezik tarmoqlarini barpo etishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi. Fan doirasida talabalar geoid va ellipsoid tushunchalari, koordinatalar tizimi, aniqlik nazariyasi, astronomik-geodezik aniqlashlar, yer massasi ta’siridagi deformatsiyalar va global navigatsiya tizimlari haqida bilim oladilar. Oliy geodeziya yirik miqyosdagi aniqlikni talab qiluvchi geodezik tarmoq qurilishi, sun’iy yo‘ldosh asosidagi o‘lchovlar va zamonaviy geoinformatsion texnologiyalar bilan ishlash uchun nazariy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
|
|
9
|
Geoinformatika va fazoviy tahlil
|
“Geoinformatika va fazoviy tahlil” fani Geografik axborot tizimi (GAT) geofazoviy ma‘lumotlarni toʻplash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimi boʻlib, unda mazkur ma‘lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin.
|
|
10
|
Qurilish injenerlik geodeziyasi
|
Qurilish jarayonlarida geodezik usullarni qo‘llashni o‘rganadigan fandir. U qurilish maydonlarini tayyorlash, bino va inshootlarni aniq joylashtirish, qurilish davomida nazorat o‘lchovlarini olib borish hamda tayyor obyektlarning loyiha talablariga mosligini tekshirish kabi vazifalarni bajaradi.
|
|
11
|
Yer tuzishni loyihalash
|
“Yer tuzishni loyihalash” fani mamlakatda yerga boʻlgan munosabatlarni tartibga solish va mukammallashtirish, yerni vositasi sifatida muhofaza qilish va undan samarali foydalanishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi
|
|
12
|
Topografik chizmachilik
|
Topografik chizmachilik — bu yer yuzasining relyefi, tabiiy va sun’iy obyektlarini maxsus belgilar va shkalalar yordamida grafik shaklda tasvirlash san’ati va texnikasidir. U yer sathidagi shakllar, inshootlar, yo‘llar, daryolar, balandliklar kabi elementlarni qog‘ozda yoki raqamli formatda aniq va tushunarli ko‘rinishda ifodalashni o‘rgatadi. Ushbu fan geodeziya va kartografiyaning ajralmas bo‘limi bo‘lib, topografik reja va xaritalarni tuzish, ulardan foydalanish, hamda muhandislik-loyihalash ishlarida zarur bo‘lgan grafik hujjatlarni tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydi. Talabalar bu fan orqali chizma usullari, shkalalar, izochiziqlar, balandlik belgilarini qo‘llash, topografik belgilarni o‘qish va chizish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
|
13
|
Geodezik o‘lchashlarni matematik qayta ishlash
|
“Geodezik o‘lchashlarni matematik qayta ishlash” fani ehtimollar nazariyasi (xatolar nazariyasini tushunish uchun zarur bo’lgan darajada) va matematik statistika, xatolar nazariyasi, eng kichik kvadratlar usuli yordamida geodezik konstruksiyalarni tuzatish, geodezik konstruksiyalarni loyihalash elementlarini o‘rganadi.
|
|
14
|
Geodezik astranomiya
|
“Geodezik astranomiya” fani amaliy astronomiya boʻlimi bo‘lib, astronomik kuzatish natijalarini geodeziya va haritagrafiyada qoʻllash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
|
|
15
|
Yerni masofadan zondlash va raqamli fotogrammetriya
|
“Yerni masofadan zondlash” fani – tadqiq qilinayotgan obyekt, maydon yoki hodisa bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmagan asbob – uskuna yordamida olingan axborotlarni tahlil qilish orqali erishilgan ma’lumotlar haqidagi fandir. “Raqamli fotogrammetriya” yer sirtini uchish apparatlari yordamida suratga olish va joyning fotosuratlari hamda yer usti fototeodolit syomkasi bo‘yicha plan va kartalar tuzish usullarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
|
|
16
|
Kadastr sohasida avtomatlashtirilgan loyihalar
|
Yer kadastri tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va boshqarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlar va dasturlarni o‘rganishga qaratilgan fan hisoblanadi.
|
|
17
|
Geodeziya va kartografiyada ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va uning iqtisodiyoti
|
Geodezik va kartografik ishlarni samarali tashkil etish, ularni rejalashtirish, boshqarish va iqtisodiy jihatdan asoslash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘rgatuvchi fandir. Bu fan orqali talabalar ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik ketma-ketligi, ish kuchi va texnika vositalarining taqsimoti, xarajatlar va mehnat unumdorligini hisoblash, loyihalarning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
|
|
18
|
Davlat kadastri asoslari
|
Yer resurslari va boshqa kadastr obyektlari (binolar, inshootlar, suv havzalari, o‘rmonlar va boshqalar) to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va geografik ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, hisobga olish va boshqarish tizimini o‘rgatuvchi fandir. Ushbu fan orqali talabalar yer uchastkalarining chegaralari, huquqiy maqomi, qiymati va foydalanish shakllarini aniqlash tartiblari bilan tanishadilar. Davlat kadastri davlat tomonidan olib boriladigan rasmiy ro‘yxat va nazorat tizimi bo‘lib, yer va mulk bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
|
|
19
|
GK va K sohasi hujjatlarini huquqiy me’yoriy asoslari
|
Geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini yuritishda amal qilinadigan qonunlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, texnik reglamentlar va rasmiy tartib-taomillarni o‘rgatuvchi fandir. Bu fan orqali talabalar yer va mulk bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, davlat kadastri yuritilishi, yerga egalik, foydalanish va mulk huquqlarini belgilash, hujjatlarni rasmiylashtirish va tasdiqlash jarayonlari, shuningdek, sohadagi tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, VM qarorlari, Davergeodezkadastr tizimidagi nizom va yo‘riqnomalarni o‘rganadilar. Ushbu fan soha mutaxassislarining faoliyatida qonuniylik va me’yorlarga rioya qilinishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
|
MAGISTRATURA:
|
20
|
Yer resurslarini boshqarish
|
Yer fondidan oqilona, samarali va barqaror foydalanishni ta'minlash, uni muhofaza qilish hamda davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha boshqaruv tamoyillari, usullari va mexanizmlarini o‘rgatuvchi fandir. Bu fan orqali talabalar yer resurslarini rejalashtirish, yerga egalik va foydalanish shakllari, yerga bo‘lgan huquqni berish, baholash, monitoring qilish va nazorat qilish tartiblari bilan tanishadilar. Shuningdek, yer islohotlari, davlat yer siyosati, kadastr va yerga oid qonunchilik asoslari ham fanning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Yer resurslarini boshqarish fani agrar soha, qurilish, ekologiya, kadastr va hududiy rejalashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
|
|
21
|
Sotsial-iqtisodiy kartografiya
|
Aholi, ishlab chiqarish, xizmatlar, infratuzilma va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hududiy jihatdan o‘rganish va grafik shaklda ifodalash bilan shug‘ullanadi. Ushbu fan yordamida talabalar demografiya, bandlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlari va boshqa sohalarning hududiy taqsimoti, rivojlanish darajasi va farqliliklarini xaritalar orqali tahlil qilishni o‘rganadilar. Sotsial-iqtisodiy kartografiya nafaqat ma'lumotlarni vizual taqdim etish, balki hududiy rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish strategiyalari ishlab chiqish va siyosat yuritishda muhim ahamiyatga ega.
|
|
22
|
Amaliy geografiya
|
“Amaliy geografiya” fani hududlar tabiiy sharoitlarini har xil amaliy maqsadlarda — yerdan qishloq xoʻjaligida foydalanish, yoʻl, shahar va sanoat inshootlari qurish odamlarning turmush sharoitlari va sogʻligʻiga mos kelish-kelmasligi nuqtai nazaridan oʻrganadi.
|
|
23
|
Shahar kadastri
|
“Shahar kadastri” fani yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui.
|
3. Kafedra Professor-o‘qituvchilari (asosiy shtat) (Faculty & Staff)
|
Foto
|
FISH
|
Ilmiy daraja
|
Lavozimi
|
Aloqa kontakt ma’lumotlari
|
|

|
Turdikulov Xusanboy Xudoynazarovich
|
Dotsent, (PhD)
|
Kafedra mudiri
|
90-254-07-83
|
|

|
Qayumov Odiljon Abduraufovich
|
Dotsent
|
Dotsent
|
97-596-73-47
|
|

|
Xakimova Kamola Raximjonovna
|
Dotsent, (PhD) |
Dotsent
|
90-277-30-04
|
|

|
Marupov Azizxon Abbosxonovich
|
Dotsent, (PhD) |
Dotsent
|
90-231-08-88
|
|

|
Axmedov Baxriddin Madaminovich
|
|
Katta o‘qituvchi
|
90-409-11-90
|
|

|
Abduqodirova Muxarram Arabboevna
|
|
Katta o‘qituvchi
|
99-050-10-24
|
|

|
Abduraxmonov Abduxokim Abduvaxobovich
|
|
Assistent
|
93-977-80-00
|
|

|
Mirzakarimova Gulshanoy Mirzaraxmat qizi
|
|
Assistent
|
99-990-46-38
|
|

|
G‘aniyev Yunisali Yusufovich
|
|
Katta o‘qituvchi
|
90-277-79-47
|
|

|
Rasulov Asrorjon Yo'ldosh o'g'li
|
|
Assistent
|
97-590-14-24
|
|

|
Madumarov Baxromjon Baxodirjon o'g'li
|
|
Assistent
|
99-936-50-49
|
|

|
Murodilov Xasanboy Tolibjon o'g'li
|
|
Assistent
|
91-107-00-44
|
4. Kafedrada olib borilayotgan tadqiqotlar va loyihalar (Research & Projects)
- Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xo‘jalik shartnoma ishlarini olib borilgan bo‘lib, jami universitet hisob raqamiga 2022-yilda 83,223 350 mln. so‘m, 2023-yil 56,141 mln. so‘m, 2024-yil uchun 118,815 mln. so’m mablag‘ tushirilgan
- Universitet qoshidagi “FARPI HITECH ENGINEER” unitar korxonasi hisob raqamiga xo‘jalik shartnoma asosida ishlar bajarilib 2022-yilda 955,1 mln. so‘m, 2023-yilda 1,1 mlrd. so‘m mablag‘ tushurildi.
- Kafedra LESLIE “Markaziy Osiyoda yer resurslari boshqaruvi, atrof-muhit va qattiq chiqindilar ta’limi hamda biznesi” (Land management, environment & Solid - waste: inside education and business in Central Asia) nomli xalqaro loyihada g’olib bo’lib 2024-2026-yillar davomida moliyalashtirilmoqda.
- Namangan viloyati Beshqo‘r, Kugayl, Kugay2 MGESIari qurilishida katlavanga qayta to‘kilgan tuproq zichligini laboratoriya xulosalarini tayyorlash bo‘yicha shartnoma loyixalari tayorlanib amalga oshirilmoqda.

FARG‘ONA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR” KAFEDRA TOMONIDAN CHOP ETILGAN NASHRLAR.
- M.A.Abdukadirova., Darslik, Geodeziya va kartografiyada ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va uning iqtisodiyoti,. 2024-yil.
- B.M.Axmedov., Darslik, Geodezik o‘lchashlarni matematik qayta ishlash nazariyasi, 2022-yil.,
- A.A.Marupov, Q.I.Maxsimov., Gruntlarning nazariy mexanikasi, 2022-yil.,
- K.R.Xakimova va boshqalar., Darslik, Tuproqshunoslik, 2022-yil.,
- B.M.Axmedov., Darslik, Melioratsiya va yer tuzish, 2023-yil.,
- K.R.Xakimova X.T.Murodilov, X.Manopov., Darslik, Topografiya asoslari, 2022-yil.,
FARG‘ONA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR” KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING PATENTI VA MUALLIFLIK GUVOHNOMASI:
- GUVOHNOMA “Ellepsioddan Gauss-kryuger tekis proyersiyasiga o‘tishda geodezik o‘lchashlarning reduksiyalanishi” O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligining № DGU 49805 sonli 18.04.2025y ro‘yxatdan o‘tkazilgan.,
- GUVOHNOMA, Madumarov B.B Farg'ona viloyatining yerlarini oqilona boshqarishni ta'minlash uchun kompleks baxolash usullarini takomillashtirishda yangi yondoshuvlarni ishlab chiqish., DGU 49036, 19.03.2025 yil yxatdan o‘tkazilgan.,
- GUVOHNOMA, Dasturiy vositalar yaratish yoki mualliflik huquqini olish bo‘yicha “O‘simliklarni monitoring qilish: qishloq xo‘jaligi sohasida masofadan zondlash yordamida o‘simliklarning o‘sishini monitoring qilish uchun dastur tayyorladim. № DGU 49806. 18.04.2025.
- GUVOHNOMA, “Kartografik elementlar asosida vizual xaritalar yaratish va tahrirlash dasturi” nomli № DGU 51347 DGU guvohnomasi.,
- GUVOHNOMA, "Rasulov A.Y. “Yer tuzish va yer monitoringi jarayonida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish”. 04.06.2025y. Guvohnoma raqami: DGU 51951
- GUVOHNOMA, "Rasulov A.Y. “Yer resurslarini boshqarishda axborotlashtirish taminoti”. 05.08.2024y. Guvohnoma raqami: DGU 41783
FARG‘ONA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR” KAFEDRASIDA TOMONIDAN CHOP ETILGAN KONFERENSIYALAR, MUALLIFLIK IDENTIFIKATORLARI (ORCID VA BOSHQALAR).
- Marupov, A. (2023). Application of GIS technologies to implement environmental monitoring of laboratory studies of soils under power transmission lines in the Southern foothills of Fergana region. In E3S Web of Conferences (Vol. 420, p. 04023). EDP Sciences.
- Ganiyev, Y., Madumarov, B., Qosimov, L., & Murodilov, X. (2023). Examining the managerial structure and operational aspects of geodesy, cartography, and cadastre production. In E3S Web of Conferences (Vol. 452, p. 03013). EDP Sciences.
- Musaev, I., Khakimova, K., Nuretdinova, M., Ganiyev, Y., & Ibragimov, J. (2023). Up-to-the-date practices of geodetic measurements for build-up area expansion: a case study from Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 389, p. 03058). EDP Sciences.
- Khakimova, K., Abdukhalilov, B., Qosimov, L., Abdusalomov, A., & Yokubov, S. (2023). Application of GIS technologies for improving the content of the tourist map of Fergana province, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.
- Mahsimov QosimkhonIbayevich, KhakimovaKamolatkhonRahimjonovna, KayumovOdiljonAbduraufovich, & TurdikulovKhusanboyKhudoynazarovich. (2023, May). Integration Of Computational With Physical System Through Machine Learning. In 2023 3rd International Conference on Advance Computing and Innovative Technologies in Engineering (ICACITE) (pp. 1059-1063). IEEE.
- Akhmedov, B. (2023). Using the fundamentals of the theory of measurement errors in performing geodesic measurement and calculation works. In E3S Web of Conferences (Vol. 452, p. 03012). EDP Sciences.
- Marupov, A., Abdukadirova, M., Mirzakarimova, G., & Rasulov, A. (2023). Procedure and method of marking administrative-territorial boundaries on the basis of digital technologies. In E3S Web of Conferences (Vol. 452, p. 03007). EDP Sciences.
- Xakimova, K., Abduhalilov, B., Ganiyev, Y., & Abdujabborova, M. (2023). Theoretical and methodological issues of creating the “ECO FERGANA” mobile application of tourist objects and resources of Fergana region. In E3S Web of Conferences (Vol. 452, p. 05025). EDP Sciences.
- Mahsimov Qosimkhon Ibayevich, Khakimaova Kamolatkhon Rahimjonovna, Kayumov Odiljon Abduraufovich, & Turdikulov Khusanboy Khudoynazarovich. (2023, May). Integration Of Computational With Physical System Through Machine Learning. In 2023 3rd International Conference on Advance Computing and Innovative Technologies in Engineering (ICACITE) (pp. 1059-1063). IEEE.
- Khakimova, K., Musaev, I., & Khamraliev, A. (2021). Basics of Atlas Mapping Optimization in the Fergana Valley. In E3S Web of Conferences (Vol. 227, p. 02003). EDP Sciences.
5. Yangiliklar va voqealar (News & Events)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qo‘shma qarorining 2-ilova 4.4-bandida keltirilgan vazifani bajarish uchun Farg‘ona politexnika instituti va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasidagi integratsiyasini yanada rivojlantirish, ish beruvchilarni ta’lim jarayoniga real jalb etish orqali ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini loyihalar doirasida amalga oshirish maqsadida 2025-yil “Butun jahon yer kuni” munosabati bilan Farg‘ona politexnika institutida “Yer kuni” va 2025-yil 18-mart kuni “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘linmasi, “O‘zdavyerloyiha” DILI “Farvilyerloyiha” bo‘linmasi, “Respublika Aerogeodeziya markazi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi” “O‘zGASHKLITI” MCHJ kabi korxonalar o‘zlarining vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan bitiruvchilarni ishga taklif etdilar. Farg‘ona politexnika institutida 2025-yil ish beruvchilarni ta’lim jarayoniga real jalb etish orqali ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini loyihalar doirasida amalga oshirish maqsadida oliy o'quv yurtlarining bitiruvchilari uchun "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi hamda Respublika Aerogeodeziya markazi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi direktori ishtirokida "Raxbar va yoshlar" ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek bitiruvchi talabalar bilan Respublika Aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasi rahbarlari va yosh mutaxassislar bilan birgalikda sohaga qiziquvchi faol va iste’dodli yoshlar bilan “Siz tanlagan kasb” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Yoshlar har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch hisoblanadi. Tadbirda Respublika aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasining faol xodimlari ishtirok etib, yoshlarga o‘zlarining tajribalari hamda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Tadbir davomida bo‘linmada amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati yo‘nalishidagi maxsus rolik ham namoyish etildi. Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi. Yoshlar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Shu bilan birga mutaxassislar oʻz taqdimoti bilan ishtirok etib, professional taʼlim muassasalari va ish beruvchilarning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash, ish beruvchilar ehtiyoji asosida dual taʼlimni tashkil etish, talabalar amaliyotlarini samarali yoʻlga qoʻyish va bitiruvchilar bandligini taʼminlash haqida maʼruza qildi. Bugungi kunda Farg‘ona politexnika instituti rektorining 25.07.2024 y. kungi №367 Sh/T-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-2025 o‘quv yilida Respublika Aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasida kafedra filiali ochilib u yerda “tarmoq – korxona – oliygox” zanjiri asosida talabalarning amaliy dars mashg‘ulotini olib borish uchun dars xonasi tashkil etildi. Hamda 2024-2025 o‘quv yilida tashkil etilgan kafedra filialida ish beruvchi tashkilot mutaxassislari ishtirokida Farg‘ona politexnika institutining Qurilish fakulteti “Geodeziya kartografiya va kadastr” kafedrasi talabalarini dual ta’lim tizimi asosida amaliy mashg‘ulot darslarini olib borishmoqda.
6. Talabalar uchun resurslar (Student Resources)
- Talabalarning ishlari, amaliy loyihalar, portfoliolar (rasmlar, videotasvirlar).
- Kafedra ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha 2023-2024 o‘quv yilida jami 63 nafar talaba yakunlab, byudjet asosida bitirgan 19 nafar bakalavriat talabalaridan 17 nafari ishga joylashib bo‘lganligini hamda 2 nafar bakalavriat talabasi magistraturaga kirgan. Kontrakt asosida bitirgan talabalar 44 nafarni tashkil etib, ularning 43 nafari ishga joylashganligi hamda 1 nafar bakalavriat talabasi magistraturaga kirgan.
-
Farg‘ona davlat texnika universiteti 60721500 – “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo‘nalishi dars jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish uchun quyidagi havolaga o‘ting. https://t.me/fstuDarsJadvaliBot
Kafedra ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha 2024-2025 o‘quv yilida jami 166 nafar talaba, jumladan 63 nafar kunduzgi va 103 nafar sirtqi Geodeziya kartografiya va kadastr yo'nalishida DAK natijalari bo‘yicha muvaffaqiyatli bakalavriat yo‘nalishini yakunladilar.
7 nafar bakalavriat talabasi til sertifikati mavjud bo‘lib, magistraturaga kirish istagida ekanligi bildirilgan. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hozirda 14 nafar talaba tahsil olib kelishmoqda.
7. Xalqaro aloqalar (International Relations)
- KAFEDRA LESLIE “MARKAZIY OSIYODA YER RESURSLARI BOSHQARUVI, ATROF-MUHIT VA QATTIQ CHIQINDILAR TA’LIMI HAMDA BIZNESI” (LAND MANAGEMENT, ENVIRONMENT & SOLID - WASTE: INSIDE EDUCATION AND BUSINESS IN CENTRAL ASIA) NOMLI XALQARO LOYIHADA ISHTIROK ETILMOQDA.
- XALQARO HAMKORLAR: QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI OSH DAVLAT UNIVERSITETI.
- ERASMUS, DAAD, FULBRIGHT KABI AKADEMIK MOBILLIK VA STIPENDIYA (TUSHUNTIRISH, TAJRIBALAR).
- XALQARO HAMKORLAR: OLIYGOHLAR, LABORATORIYALAR, TADQIQOT MARKAZLARI.
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
- FARG‘ONA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR” KAFEDRASI
- KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI FARG‘ONA VILOYATI BOSHQARMASI
- “O‘ZDAVYERLOYIHA” DAVLAT ILMIY-LOYIHALASH INSTITUTI “FARVILYERLOYIHA” BO‘LINMASI
- KADASTR AGENTLIGINING RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI FARG‘ONA HUDUDLARARO BO‘LINMASI
8. Bog‘lanish (Contact & Location)
- 150107, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 86 uy. Arxitektura va qurilish fakulteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi 4-‘quv binosi, 4-409 xona.
- Telefon: +998 90 254 07 83
- E-mail: x.x.turdiqulov@fstu.uz
9. Kafedraning iqtidorli talaba-yoshlari

ALISHEROV SHOXRUXBEK MIRZOHIDJON O'G'LI
2024-2025 yilgi O'zbekiston Respublikasi "Beruniy nomli davlat stipendiyasi" sohibasi.
- Kafedra hayotiga oid fotolavhalar

MAVLYANKULOVA SITORAXON ZUXRIDDINOVNA
2022-2023 yilgi O'zbekiston Respublikasi "Beruniy nomli davlat stipendiyasi" sohibasi.
- Kafedra hayotiga oid fotolavhalar