Kafedra mudiri:

1. Kafedra haqida (About)
2. Akademik dasturlar va kurslar (Programs & Courses)
60730700-Qurilish muhandisligi: Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
6073030-Qurilish muhandisligi: Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (Qurilish)
70730701- “Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari”
70730308-Qurilish materiallari texnologiyasi
05.09.05-Qurilish materiallari va buyumlari
Oʻqitiladigan fanlar:
BAKALAVRIAT:
MAGISTRATURA:
|
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
|
1 |
Qurilish materiallari sanoatidagi innovatsion texnologiyalar |
“Qurilish materiallari sanoatidagi innovatsion texnologiyalar” fani talabalarni kelajakda qurilishning turli sohalarida keng foydalanilanishi va yuqori samaradorligini hisobga olgan holda qurilish materiallari va texnologiyalari rivojining innovatsion yo‘llari haqidagi nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini, zamonaviy qurilish materiallari va konstruktsiyalar, ularga qo‘yiladigan talablar, buyum va konstruksiyalarni tayyorlash va foydalanish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajarishdan iborat. |
|
2 |
Temir-beton konstruksiyalarini loyihalash |
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida texnik xujjatlar asosida amaliy hisoblash, temir-betonning mohiyati, betonning asosiy fizik-mexanik xossalari, armatura va ularning fizik-mexanik xossalari, temir-beton elementlarida kuchlanish va deformatsiya, bino va inshoatlarning qurilish elementlarini tayyorlash jarayonlari, montaj ishlarida texnik hujjatlarga amal qilishni o‘rgatish bo‘yicha ushbu fan o‘qitiladigan bakalavr ta’lim yo‘nalishlari profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. |
|
3 |
Materiallar strukturasi va strukturaviy tahlil |
Fanning maqsadi-magistrantlarda asosiy tadqiqot usullarini, qurilish materiallari va buyumlarining tarkibi va xossalarini, qurilish materiallarini spektral, rentgenografik, differensial-termik, mikroskop va boshqa usullar yordamida tadqiq etish, olingan natijalarni tahlil qilish, qurilish materiallarining tuzilishi va undagi o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. |
|
4 |
Betonlar umrboqiyligi |
Ushbu fan beton ishlab chiqarishning nazariy asoslari, temir beton ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy-texnologik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va ularning nazariy asoslarini o‘rgatadi, ishlab chiqarish va ta’lim sohasiga yuqori malakali yosh kadrlarni etkazib berish shu kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. “Betonlarning umrboqiyligi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi usullarining nazariy tahlili, beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilash uchun zamonaviy texnologik jarayonlarning nazariy asoslari, korxonalarda sifatli mahsulotlarni tayyorlashga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. |
|
5 |
Qurilish materiallari sanoatida kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish |
“Qurilish materiallari sanoatida kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish” fanini o‘qitishdan maqsad-talabalarda salbiy harorat sharoitlarida intensiv ravishda namlikni yo‘qotish, qo‘shimchalarning xususiyatlari, beton qorishmasining yoyiluvchanligi va betonni sovuq ta’sirida mustahkamligini kamayishtirishi, betonni sovuqqa chidamliligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. |
3. Kafedra Professor-o‘qituvchilari (asosiy shtat)
4. Kafedrada olib borilayotgan tadqiqotlar va loyihalar
5. Yangiliklar va voqealar (News & Events)
6. Talabalar uchun resurslar (Student Resources)
7. Xalqaro aloqalar (International Relations)
8. Bog‘lanish (Contact & Location)
Telefon: (8373) 241-12-01
E-mail: fstu_info@edu.uz.
Google Map integratsiyasi: